
80 yoshli Zelimxon Haydarov yangi lavozimga tayinlandi
14.07.2025 | 21:1521262
Prezident 10 kundan so‘ng 80 yoshni qarshi oladigan Zelimxon Haydarovni Prezidenti Administratsiyasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinladi.

U bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining rahbari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
Bugun, 14 iyul kuni O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoni bilan Zilemxan Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur tayinlov munosabati bilan Zilemxan Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining rahbari lavozimidan ozod etilgan.
Ma’lumot uchun, Zelimxon Haydarov 1945 yil 25 iyul kuni Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Joriy yil u 80 yoshni qarshilaydi.
1993-2018 yillar oralig‘ida u Prezident devoni ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2018 yilning 27 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti rahbari lavozimiga tayinlangan.





