add

82 turdagi xomashyo uchun bojxona boji nol stavkada qoladi

Bugun 12:041 daqiqa

Import qilinadigan asosiy sanoat xomashyolari uchun bojxona imtiyozlari 2027 yilgacha uzaytirildi.

82 turdagi xomashyo uchun bojxona boji nol stavkada qoladi

O‘zbekistonda prezidentining 2026 yil 19-yanvardagi PF–5-son farmoniga muvofiq, ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun import bojxona boji nol stavkada qo‘llanilish muddati uzaytirildi.

Ushbu farmon bilan prezidentning bir qator avvalgi hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, 2021 yil 20-oktabrda qabul qilingan «Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq joriy etilgan bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati uzaydi.

Qarorga ko‘ra, 82 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun import bojxona boji 2027 yil 1-yanvarga qadar nol stavkada qo‘llaniladi. Ushbu imtiyozlar ilk bor 2021 yil oktabr oyida joriy etilgan bo‘lib, 2024 yil 1-yanvar kuni o‘z kuchini yo‘qotgan edi. Oradan ikki yildan ortiq vaqt o‘tgach, mazkur mexanizm yana amalga kiritildi.

Bojning nol stavkasi qo‘llaniladigan xomashyolar

Ro‘yxatga sanoat uchun muhim hisoblangan kimyoviy moddalar, pigmentlar, polimer va plastmassalar, to‘qimachilik materiallari kiritilgan. Shuningdek, shisha tolali buyumlar, yog‘och materiallari, filtr qog‘ozlari hamda turli texnik komponentlar ham imtiyozli tartibda import qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning tegishli farmoni bilan O‘zbekistonga olib kiriladigan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, ularning komponentlari hamda servis infratuzilmasi uchun mo‘ljallangan texnologik asbob-uskunalar 2028 yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid