add

95 foiz ehtimollik bilan sun’iy intellekt insoniyatning yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi — The Times

02.08.2025 | 09:4522353

Google va Microsoft kompaniyalarining sobiq muhandisi Neyt Soaresning ta’kidlashicha, texnologiyalar rivojlanishining hozirgi sur’ati saqlanib qolgan taqdirda sun’iy intellekt (SI) tufayli insoniyatning yo‘q bo‘lib ketish ehtimoli kamida 95 foizni tashkil qiladi.

95 foiz ehtimollik bilan sun’iy intellekt insoniyatning yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi — The Times
Machine Intelligence Research Institute notijorat tashkiloti rahbari, Neyt Soaresning aytishicha, zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari hali boshlang‘ich bosqichda bo‘lsa-da, yaqin kelajakda ular mustaqil ravishda maqsadlar qo‘yish, qarorlar qabul qilish va uzoq muddatli istiqbolni rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb yozmoqda Britaniyaning The Times gazetasi. Mutaxassis vaziyatni ulkan tezlikda jarlik tomon harakatlanishga o‘xshatib, shunday dedi: «Men mashinani to‘xtatib bo‘lmaydi demoqchi emasman. Ammo biz hozir to‘la kuch bilan jarlik tomon bormoqdamiz». Uning fikricha, sun’iy intellektning qaror qabul qilish jarayonlarini nazorat qilish imkonsizligi va uning muntazam ravishda aldash qobiliyati alohida xavf tug‘dirmoqda. «Biz haqiqatni bilish imkoniyatiga ega bo‘lmaymiz. Sun’iy intellektdagi qaror qabul qilishning ko‘plab ichki jarayonlari allaqachon insonlar uchun tushunarsiz bo‘lib qolgan». Gazeta xabarida keltirilgan dahshatli ssenariylardan biri sun’iy intellektning biologik qurol ishlab chiqarish ehtimoli bo‘lib, bu qurol yirik shaharlar aholisining katta qismiga sezdirmasdan kasallik yuqtirishi mumkinligi haqida ma’lum qilingan.

Teglar

Mavzuga oid