add

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

07.07.2025 | 09:2026011

O‘zbekistonda 2025 yilgi test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar uchun ruxsatnomalarni berish jarayoni boshlandi. «Abituriyent ruxsatnomasi»ni my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan yuklab olishi mumkin.

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
Shuningdek, shaxsiy kabinetga kirmasdan ham my.uzbmb.uz manzili orqali pasport seriyasi va raqami hamda JSHSHIR raqamini kiritish orqali ruxsatnomani olish mumkin. Abituriyentlar test sinovlariga shaxsiy ID-kartasi va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtda kelishlari shart. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjat bilan kelgan, shuningdek, belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz