add

Abu-Dabida to‘liq sun’iy intellekt asosida boshqariladigan shahar barpo etiladi

27.05.2025 | 14:004263

Aion Sentia deb nomlangan yangi loyiha – dunyodagi birinchi to‘liq CI-integratsiyalangan shahar bo‘ladi. 3,3 mlrd dollarlik qurilish 2027 yilda yakunlanishi kutilmoqda.

Abu-Dabida to‘liq sun’iy intellekt asosida boshqariladigan shahar barpo etiladi
Abu-Dabi hukumati sun’iy intellekt (CI) texnologiyalari asosida to‘liq boshqariladigan dunyodagi birinchi shahar — Aion Sentia loyihasini rasman e’lon qildi. Yangi shaharni noldan qurish rejalashtirilgan bo‘lib, u amirlikning raqamli transformatsiya strategiyasi doirasidagi eng yirik tashabbuslardan biriga aylanadi. Loyiha qiymati 3,3 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi va qurilish 2027 yilgacha yakunlanishi kutilmoqda. Abu-Dabi hukumati raqamli rivojlanish departamenti rahbari Ahmad Hishom Al Quttob ma’lum qilishicha, shaharning barcha sohalari – davlat boshqaruvi, transport, sog‘liqni saqlash, energetika va kommunal xizmatlar CI texnologiyalari bilan chuqur integratsiya qilinadi. Aion Sentia konsepsiyasida avtonom transport tizimlari, prognozli tibbiyot, energiya samaradorligi va CI orqali boshqariladigan xizmatlar asosiy o‘rinni egallaydi. Har bir element maksimal samaradorlik, barqarorlik va innovatsiya tamoyillari asosida ishlab chiqiladi. Taxminlarga ko‘ra, loyiha Abu-Dabi yalpi ichki mahsulotiga 6,5 mlrd dollarlik hissa qo‘shadi va kiberxavfsizlik, robototexnika, ma’lumotlar boshqaruvi va CI etikasi kabi sohalarda 5000 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihada Muxammad bin Zoid nomidagi sun’iy intellekt universiteti, Ilg‘or texnologiyalar kengashi va G42 kompaniyasi ishtirok etmoqda. Ular CI yechimlarini ishlab chiqish va joriy etishda faol hamkorlik qilmoqda. Hukumat bu tashabbusni raqamli shaharlar evolyutsiyasidagi global qadam sifatida baholamoqda. Aion Sentia nafaqat texnologik taraqqiyotning simvoliga aylanadi, balki iqtisodiy modellar, davlat xizmatlari va kundalik hayotning yangi formatiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid