add

«Aeroflot» Moskva–Samarqand yo‘nalishida parvozlarni tikladi

01.08.2025 | 15:005742

Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi Moskva va Samarqand o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Samarqand xalqaro aeroporti matbuot xizmati Vaqt.uzʼga ma’lum qildi.

«Aeroflot» Moskva–Samarqand yo‘nalishida parvozlarni tikladi
Vaqtinchalik to‘xtalishlardan so‘ng 31 iyul kuni amalga oshirilgan ilk reys to‘liq tijorat yuklamasi bilan bajarilgani kompaniya matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilindi. Parvozlar biznes va ekonom klass salonlariga ega o‘rta magistralli Airbus A320 samolyotlarida haftasiga uch marta bajariladi. Moskvadan — payshanba, juma va yakshanba kunlari, Samarqanddan esa — juma, shanba va dushanba kunlari reyslar amalga oshiriladi. Parvoz davomiyligi 4 soatu 20 daqiqa. «Aeroflot» aviakompaniyasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, oktyabr oyi boshiga qadar reyslar soni kundalik parvozlar darajasigacha ko‘paytiriladi. Bu yo‘lovchilarga ikki shahar o‘rtasida safarlarni yanada qulay va muntazam amalga oshirish imkonini beradi. Aviachiptalarni aeroflot.ru saytida yoki Samarqand xalqaro aeroportidagi tunu-kun ishlovchi kassalardan xarid qilish mumkin.        

Teglar

Mavzuga oid