add

Aeroportlar nomi davlat tili qoidalariga moslashtiriladi

Bugun 10:252 daqiqa

Avtovokzal va avtoturargohlarga nom berish hamda ularning nomini o‘zgartirish Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

Aeroportlar nomi davlat tili qoidalariga moslashtiriladi

O‘zbekistonda aeroportlar, avtovokzallar va avtoturargohlar nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga moslashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi. Ushbu qaror transport infratuzilmasi obyektlari nomlarini milliy til talablariga muvofiqlashtirish orqali yagona til siyosati va axborot muhitini shakllantirishni ko‘zda tutadi.

Qarorga muvofiq, mamlakat bo‘ylab davlat tili qoida va me’yorlariga moslashtiriladigan 161 ta aeroport, avtovokzal va avtoturargoh nomi tasdiqlandi. Shuningdek, yangi nom beriladigan obyektlar ro‘yxati ham shakllantirilib, unga 21 ta aeroport, avtovokzal va avtoturargoh kiritildi. Bu o‘zgarishlar transport infratuzilmasida nomlanishdagi turlilikni bartaraf etishga qaratilgan.

Xususan, Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan Toshkent—Sharqiy aeroporti Toshkent—Humo deb qayta nomlandi. 2025-yilning noyabrida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yangi aeroportning birinchi mehmoni bo‘lgandi.

Hukumat qarorida belgilanishicha, Transport vazirligi Uzbekistan Airports, Uzbekiston Airways, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazilar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan uch oy muddatda

Aeroportlar, vokzallar va avtoturargohlar nomlarining davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilishi hamda yangi nom berilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar, xaritalar, ma’lumotlar bazalariga o‘zgartirishlar kiritilishini;

Aeroportlar, vokzallar va avtoturargohlarga o‘rnatilgan peshlavhalar hamda axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini ta’minlaydi.

Avtovokzal va avtoturargohlarga nom berish hamda ularning nomini o‘zgartirish Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Teglar

Mavzuga oid