Logo

Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfonlardan foydalanish taqiqlandi

Bugun 21:051 daqiqa

Talabalarning ham o‘quv muassasalariga smartfon olib kelishi taqiqlandi.

Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfonlardan foydalanish taqiqlandi

Afg‘oniston Islom Respublikasi oliy rahbari va «Tolibon» harakati yetakchisi mulla Haybatulla Oxundzoda guruh a’zolari hamda davlat xizmatchilariga smartfonlardan foydalanishni taqiqlovchi farmon chiqardi. Bu haqda o‘z ixtiyoriga kelib tushgan hujjatga asoslanib, «Afghanistan International» nashri ma’lum qildi.

Nashrning ta’kidlashicha, buyruqni buzganlar harbiy sudlarga topshiriladi. Ularga aynan qanday jazo tayinlanishiga aniqlik kiritilmagan. Shuningdek, smartfondan foydalanishi taqiqlangan har bir shaxsning ismi, lavozimi, xizmat joyi, mobil operatori va telefon raqami kiritilgan maxsus ro‘yxat yaratilgan.

Talabalar va tarmoqlardagi vaziyat

Bundan tashqari, Ta’lim vazirligi talabalarga o‘quv muassasalariga smartfon olib kelishni taqiqlovchi buyruq chiqardi.

«Kabul Now» nashrining xabar berishicha, mazkur farmon chiqqanidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda «Tolibon» a’zosining o‘z smartfonini buzayotgani aks etgan video tarqala boshlagan.
Ushbu buyruqlarning nima sababdan qabul qilingani ochiqlanmagan.

Teglar

Mavzuga oid

Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfonlardan foydalanish taqiqlandi | Vaqt.uz