add

Afg‘onistondagi ayollar zilzila vayronalari ostida qolib ketmoqda

07.09.2025 | 20:1037473

Afg‘onistonda kuchli zilzila oqibatida ayollar «Tolibon» taqiqlari sababli o‘z vaqtida yordam ololmay, ko‘pchilik halok bo‘ldi.

Afg‘onistondagi ayollar zilzila vayronalari ostida qolib ketmoqda
31 avgust kuni mamlakatda 6 magnitudali zilzila sodir bo‘lib, 2200 dan ziyod inson halok, 3600 dan ortiq kishi yaralandi. «India Today» xabariga ko‘ra, «Tolibon»ning ayollar bilan bog‘liq qoidalari qutqaruv ishlariga jiddiy to‘siq bo‘ldi. Mazkur qoidaga ko‘ra, erkaklar o‘zlariga qarindosh bo‘lmagan ayollarga qo‘l tekkizishi mumkin emas. Shuning uchun ko‘pgina jabrlangan ayollar qarindoshlari kelgunga qadar vayronalar ostida yordamsiz qoldi. Erkak qarindoshlari bo‘lmaganlarga esa qutqaruvchilar juda og‘ir sharoitda va kam hollarda yordam ko‘rsatishga majbur bo‘lgan. «Zilzilalar ko‘chkilarni keltirib chiqardi va yo‘llarni vayron qildi. Bu jabrlanganlarga yordam va hayotiy muhim materiallarni yetkazib berishda, shuningdek, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lganlarga yetib borishda sezilarli kechikishlarga sabab bo‘lmoqda», dedi Afg‘onistondagi Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi (IFRC) delegatsiyasi rahbari Joy Singxal. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim viloyatlarda aholi zilziladan avval ham shifoxonalarga borish uchun soatlab yo‘l yurishga majbur bo‘lgan. Singxal qutqaruv amaliyotlari haddan tashqari murakkab bo‘lganini, ko‘p hollarda maxsus texnikadan foydalanish mumkin emasligini ta’kidladi. Bu esa ayollarni evakuatsiya qilish jarayonini yanada qiyinlashtirdi. Qutqaruv ishlarida asosiy e’tibor erkaklarga qaratilgani orqali ko‘pgina ayollar vayronalar ostida qolib ketgani qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid