add

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning 9 ta hududida sezildi

27.08.2025 | 19:2048462

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning 8 ta viloyati va Toshkent shahrida ham sezildi.

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning 9 ta hududida sezildi
Bugun, 27 avgust kuni Afg‘onistonda 3 balli zilzila sodir bldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi. Qayd etilishicha, zilzila kuchi O‘zbekistonning 8 ta viloyati va Toshkent shahrida ham sezilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: - Surxandaryo viloyatida 2-3 ball, 342 km. - Farg‘ona viloyatida 2 ball, 431 km. - Sirdaryo viloyatida 2 ball, 480 km. - Jizzax viloyatida 2 ball, 483 km. - Andijon viloyatida 2 ball, 486 km. - Samarqand viloyatida 2 ball, 496 km. - Namangan viloyatida 2 ball, 498 km. - Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 527 km. - Toshkent shahrida 2 ball, 547 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 547 km janubiy-sharqda. Magnituda: 5,7 Chuqurligi: 160 km. Zilzila epitsentri Badaxshon, Afg‘oniston.

Teglar

Mavzuga oid