add

Afg‘onistondagi zilzila oqibatida 263 ming bola og‘ir ahvolda qoldi — UNICEF

09.09.2025 | 11:0030763

Afg‘oniston sharqida sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar natijasida yarim millionga yaqin odam zarar ko‘rdi. Ulardan yarmiga yaqini bolalardir.

Afg‘onistondagi zilzila oqibatida 263 ming bola og‘ir ahvolda qoldi — UNICEF
BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ma’lumotiga ko‘ra, ofatdan jabr ko‘rganlarning 263 ming nafari bolalar hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich tabiiy ofat eng ko‘p bolalarning hayoti va sog‘lig‘iga ta’sir qilganini ko‘rsatadi. Idoralararo baholash natijasiga ko‘ra, Afg‘onistonning 30 jamoasida qariyb 20 ming voyaga yetmagan jabr ko‘rgan. Ular orasida 10 mingdan ziyod qizlar va 9,4 mingga yaqin o‘g‘il bolalar bor. UNICEF favqulodda yordam ko‘rsatish zarurligini ta’kidladi. 31 avgustdan buyon mamlakatda uch marta kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Ayniqsa, Hindkush tog‘lari atrofidagi qishloqlarda yo‘llar ko‘chki va o‘pirilishlar sabab to‘silib qolgani uchun qutqaruv ishlari asosan vertolyotlar yordamida amalga oshirilmoqda. BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ofat oqibatida 2200 dan ortiq odam halok bo‘lgan, kamida 3600 kishi yaralangan. Jami 25 ta qishloq aholisi zilziladan jabr ko‘rgan. Xalqaro tashkilotlar Afg‘onistonga ko‘mak ko‘rsatishni kuchaytirishga chaqirmoqda. Avvalroq zilzila oqibatida ayollar «Tolibon» taqiqlari sababli o‘z vaqtida yordam ololmay, ko‘pchilik halok bo‘layotgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid