add

Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari 1100 nafardan oshdi

02.09.2025 | 15:3022263

Afg‘onistondagi kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1124 kishiga yetdi. Bu haqda Afg‘oniston Qizil Yarim Oy jamiyati ma’lumotlariga tayanib, «Reuters» xabar berdi.

Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari 1100 nafardan oshdi
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofatda 3251 kishi turli darajada jarohat olgan. Shuningdek, 8 mingdan ziyod turar joy vayron bo‘lib, minglab oilalar boshpanasiz qoldi. Zilzila kecha, 1 sentyabrga o‘tar kechasi 6,0 magnitudada qayd etilgan. AQSH Geologik xizmati (USGS) ma’lumoticha, ofatning epitsentri Kunar viloyatidagi Jalolobod shahri yaqinida joylashgan. Zilziladan keyin yana 5,2 va 4,7 magnitudali ikki marotaba takroriy silkinish kuzatilgan. Ma’lumot uchun, bu – «Tolibon» hukumati 2021 yilda hokimiyatni qo‘lga olganidan beri yuz bergan uchinchi yirik zilziladir. Mamlakatda xorijiy kuchlar chiqib ketganidan so‘ng xalqaro yordam sezilarli qisqarib, davlat byudjeti katta bosim ostida qolgan. Diplomatlar va xalqaro tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra, yordam hajmi 2022 yildagi 3,8 milliard dollardan bu yil 767 million dollarga tushgan. Buning asosiy sabablari sifatida dunyodagi boshqa inqirozlar hamda “Tolibon” hukumati tomonidan ayollarga nisbatan joriy etilgan cheklovlar ko‘rsatilmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tolibon» muvaqqat hukumati halok bo‘lganlar sonini 812 kishi, yaradorlar sonini esa 2,8 ming kishi deb ma’lum qilgan edi.  

Teglar

Mavzuga oid