add

Afrosiyob poyezdlari harakat jadvali o‘zgaradi

Bugun 20:344762 daqiqa

14-dekabrdan yuqori tezlikdagi Afrosiyob elektropoyezdlari yo‘lovchilar uchun qulaylashtirilgan yangi harakat jadvali asosida qatnaydi.

Afrosiyob poyezdlari harakat jadvali o‘zgaradi

14-dekabrdan boshlab O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdlari yangi harakat jadvaliga o‘tadi. Bu haqda «Temiryo‘lekspress» matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.

Yangi jadval 2025–2026 yillar mavsumi uchun tasdiqlangan bo‘lib, yo‘lovchi oqimini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan.

Yangilangan harakat jadvali Toshkentdan Buxoro, Qarshi, Shahrisabz hamda Samarqand yo‘nalishlarida qatnovlarni qamrab oladi. Ushbu yo‘nalishlar mamlakat ichida eng talab yuqori bo‘lgan temiryo‘l marshruti hisoblanadi va har kuni minglab yo‘lovchilar tomonidan foydalaniladi.

Toshkent–Buxoro–Toshkent yo‘nalishida kun davomida bir necha reyslar amalga oshiriladi. Ertalab va kechki soatlarga mo‘ljallangan qatnovlar orqali yo‘lovchilar safar rejasini o‘z ehtiyojiga mos ravishda belgilashi mumkin. Shuningdek, tungi reyslar ham saqlab qolingan.

Toshkent–Qarshi va Toshkent–Shahrisabz yo‘nalishlarida kundalik ikki tomonlama qatnovlar tashkil etilgan. Bu esa janubiy hududlar bilan poytaxt o‘rtasidagi transport aloqasini yanada mustahkamlaydi. Toshkent–Samarqand yo‘nalishida esa an’anaviy ravishda ertalabki va kechki reyslar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, talabalar uchun mahalliy yo‘nalishlarda poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma e’lon qilingandi. Ushbu imtiyoz 18-dekabrdan 12-yanvarga qadar amal qiladi, biroq SV/VIP toifadagi vagonlar hamda Afrosiyob elektropoyezdlari bundan mustasno.

Shu bilan birga, ilgari Hyundai Rotem kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonga yangi yuqori tezlikdagi poyezdlar yetkazib berilishi ma’lum qilingan edi. «Jaloliddin Manguberdi» deb nomlangan poyezdlarning ilk partiyasi 2026 yil boshida mamlakatga olib kelinishi rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid