add

Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etildi

Bugun 14:30921 Daqiqa

Agentlik qishloq xo‘jaligida davlat ko‘magi jarayonlarini raqamlashtirib, to‘lovlar va ariza qabul qilish tartibini sezilarli soddalashtirishtiradi.

Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etildi

Prezidentning «Agrar sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-224-sonli farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etiladi.

Farmonning asosiy maqsadlari sifatida agrar tarmoqda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini to‘liq raqamlashtirish, mehnat va vaqt sarfini ikki baravarga qisqartirish vazifasi qo‘yildi.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida davlat tomonidan ko‘rsatiladigan turli qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini birlashtirish orqali ularning umumiy sonini 2028 yil oxiriga qadar 50 foizgacha qisqartirish rejalashtirilgan.

Yangi Agentlik qo‘llab-quvvatlash choralarining yangi turlarini ishlab chiqish, arizalarni qabul qilishdan tortib, ularni ko‘rib chiqish va to‘lovlarni amalga oshirishgacha bo‘lgan bosqichlarni to‘liq raqamlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1-yanvardan boshlab qo‘llab-quvvatlash choralari to‘liq Agentlik orqali amalga oshiriladi. Tadbirkorlarga moliyalashtirish maxsus hisob raqamlari — 23210 toifasida ochiladigan hisoblar orqali yo‘naltiriladi.

Agrar sohada to‘lovlar agentligining tashkil etilishi sohadagi ma’muriy jarayonlarni soddalashtirish, davlat ko‘magi mexanizmlarini shaffoflashtirish va resurslarni oqilona yo‘naltirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev paxtachilikni rivojlantiradigan yangi takliflarni ma’qullagani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etildi | Vaqt.uz