Logo

Markaziy bank 1 million so‘mlik banknot chiqarilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Bugun 22:061 daqiqa

«Markaziy bank to‘g‘risida»gi qonunining 39-moddasiga asosan O‘zbekistonda pul belgilarining nominal qiymati regulyator tomonidan belgilanadi.

Markaziy bank 1 million so‘mlik banknot chiqarilgani haqidagi xabarlarni rad etdi © Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zvekistonda 1 mln so‘mlik banknota muomalaga chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Markaziy bank munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, 1 mln so‘mlik banknota chiqarilgani haqidagi xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

«Barcha rasmiy ma’lumotlar uchun Markaziy bankning rasmiy sahifalarini kuzatib borishingizni so‘raymiz», - deyiladi xabarda.


Ijtimoiy tarmoqlarda bunga qadar ham yirik nominaldagi yangi pullar chiqarilishi haqida feyk xabarlar tarqatilgan. Xususan, 2024 yilning fevralida 400 ming so‘mlik, joriy yilning aprel oyida esa 500 ming so‘mlik banknotalar muomalaga kiritilishi haqidagi yolg‘on ma’lumotlar Markaziy bank tomonidan rad etilgan edi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, mamlakat hududida yangi namunadagi pul belgilarini muomalaga chiqarish hamda ularning nominal qiymatini belgilash mutlaq Markaziy bank vakolatiga kiradi va bu haqdagi rasmiy axborot regulyator tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda 100 so‘mdan 1000 so‘mgacha bo‘lgan tangalar hamda 1000 so‘mdan 200 000 so‘mgacha bo‘lgan nominaldagi qog‘oz banknotalar qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qilmoqda. Eski va 2021–2022 yillarda chiqarilgan yangi dizayndagi pullar parallel ravishda ishlatilayotgan bo‘lib, 2026 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, muomaladagi naqd pullar tarkibida eng katta ulushni 100 ming so‘mlik (36,4 foiz) va 200 ming so‘mlik (28,5 foiz) banknotalar egallagan.

Teglar

Mavzuga oid