add

Aholi mablag‘lari hisobiga investitsiyalar o‘sishi kuzatildi

30.08.2025 | 16:4012883

2025 yil birinchi yarim yilligida aholi mablag‘lari hisobiga asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar sezilarli darajada ko‘paydi.

Aholi mablag‘lari hisobiga investitsiyalar o‘sishi kuzatildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–iyun oylarida aholi mablag‘lari hisobiga kiritilgan investitsiyalar 17,3 trln so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,3 foizga ko‘pdir. Hududlar kesimida eng ko‘p investitsiyalar Toshkent viloyatida qayd etildi — 2,4 trln so‘m. Buxoro viloyati 2,19 trln so‘m bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Keyingisi Xorazm viloyati bo‘lib, u yerda aholi mablag‘lari hisobiga 1,57 trln so‘mlik investitsiyalar amalga oshirildi. Shuningdek, Qashqadaryo (1,44 trln so‘m), Namangan (1,4 trln so‘m) va Toshkent shahri (1,37 trln so‘m)da ham ko‘rsatkichlar yuqori bo‘ldi. Sirdaryo viloyati esa 175,3 mlrd so‘m bilan eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Mahalliy aholi mablag‘lari hisobiga kiritilayotgan investitsiyalar mamlakat iqtisodiy o‘sishi va hududlarning infratuzilmaviy taraqqiyotini ta’minlashda muhim omil sifatida ko‘rilmoqda. Mutasaddilarga ko‘ra, bu jarayon iqtisodiy faollikni oshirish bilan birga, aholining investitsiya jarayonlaridagi ishtiroki kengayib borayotganini ham ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid

Aholi mablag‘lari hisobiga investitsiyalar o‘sishi kuzatildi | Vaqt.uz