add

Aholini ro‘yxatga olish tizimiga kiberhujum bo‘ldimi? — Statistika qo‘mitasidan tushuntirish

Bugun 10:551 daqiqa

Ijtimoiy tarmoqlarda Aholini ro‘yxatga olish tizimi hakkerlar tomonidan buzilgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Vaziyat yuzasidan Vaqt.uz Milliy statistika qo‘mitasi matbuot kotibi bilan bog‘landi.

Aholini ro‘yxatga olish tizimiga kiberhujum bo‘ldimi? — Statistika qo‘mitasidan tushuntirish

Ijtimoiy tarmoqlarda «Aholini ro‘yxatga olish tizimi hakerlar tomonidan buzildi.Fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari tarmoqlarda «suzib» yuribdi» — degan xabar tarqaldi.

Milliy statistika qo‘mitasi matbuot kotibi Usmon Abdurasulovning Vaqt.uzʼga ma’lum qilishicha, hakerlar census.stat.uz saytidan ma’lumotlarni olib chiqib ketolmagan.

«Bizning bazada aholi vakillarining rasmlari ko‘rinmaydi. So‘rovnomada ham hech kimdan fotosurat talab qilinmagan. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, hech qanday ma’lumotlar statistika qo‘mitasining platformasidan olib chiqilmagan. Bu bo‘yicha to‘liq rasmiy munosabatni yaqin orada e’lon qilamiz», — dedi Usmon Abdurasulov.

Eslatib o‘tamiz, 15-yanvardan 28-fevralgacha O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilmoqda. 31-yanvar kuni onlayn ro‘yxatga olish tugadi. Endi uyma uy ro‘yxatga olish ishlari olib boriladi.

Teglar

Mavzuga oid