add

Air Samarkand xodimlariga maoshlar o‘z vaqtida berilmayotgani aytilmoqda

29.09.2025 | 13:012913

Air Samarkand kompaniyasida xodimlarga necha oydir maosh to‘lanmayapti. Bort kuzatuvchilari va uchuvchilar ovqatlanish va uy ijarasi uchun ham pulsiz qolganini aytmoqda.

Air Samarkand xodimlariga maoshlar o‘z vaqtida berilmayotgani aytilmoqda
Air Samarkand kompaniyasida vaziyat yana keskinlashdi. SHOT Telegram kanalining xodimlarga tayanib keltirishicha, 50 ga yaqin Rossiya fuqarolari bo‘lgan xodimlar necha oydirki maosh ololmayapti. Ayrimlar hatto ovqat uchun mablag‘ yo‘qligini bildirmoqda. Ilgari maxsus raport orqali oziq-ovqat xarajatlari qoplanardi, ammo endi bu ham bekor qilingan. Shu bilan birga, uy ijarasi uchun ajratiladigan mablag‘ ham to‘lanmayapti. Bort kuzatuvchilari va uchuvchilar rahbariyat ayrim rahbarlarining hurmatsiz munosabatidan ham shikoyat qilmoqda. «Aviakompaniyada entuziastlar qolgani», ko‘plab xodimlar esa ishdan bo‘shab ketganini ta’kidlashmoqda. Kompaniyaning izohiga ko‘ra, maosh muammolari buyurtmachilarning o‘z vaqtida to‘lov qilmagani bilan bog‘liq. Ular haligacha kompaniyaga kerakli mablag‘larni to‘liq o‘tkazmagani aytilmoqda. Air Samarkand’da bu ilk bor kuzatilayotgan holat emas. 2024 yilda ham xodimlar, ayniqsa Rossiyadan jalb qilingan mutaxassislar maosh kechikishidan norozi bo‘lishgan edi. O‘shanda 75 kishi ishdan bo‘shagan, katta qismi esa qisqartirish asosida ketgan.

Teglar

Mavzuga oid

Air Samarkand xodimlariga maoshlar o‘z vaqtida berilmayotgani aytilmoqda | Vaqt.uz