add

AirAsia noyabrdan Toshkent–Kuala Lumpur qatnovini yo‘lga qo‘yadi

01.08.2025 | 12:4532912

Malayziyaning AirAsia X Berhad aviakompaniyasi 2025 yil 14 noyabrdan boshlab Kuala Lumpur — Toshkent — Kuala Lumpur yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

AirAsia noyabrdan Toshkent–Kuala Lumpur qatnovini yo‘lga qo‘yadi
Kompaniya O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi agentligidan 2025 yil fevralda ushbu yo‘nalishda parvozlar o‘tkazish uchun ruxsat olgan. Ilk rejaga ko‘ra, reyslar oktyabr oyidan boshlanishi kerak edi. Parvozlar Airbus A330 samolyotlarida haftasiga uch marta amalga oshirilishi belgilangan. Bu haqda Turizm qo‘mitasi ma’lum qildi. AirAsia X Berhad — AirAsia tarkibidagi Malayziyaning yirik loukoster aviakompaniyasi bo‘lib, 2006 yilda tashkil etilgan. Kompaniya COVID-19 pandemiyasidan so‘ng Afrika va Markaziy Osiyo bozorlariga chiqdi hamda Olmaota va Nayrobiga reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Yangi aviaqatnov O‘zbekistonga Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan, jumladan, Malayziya, Indoneziya va Singapurdan sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Bu esa mamlakat turizm bozori uchun muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi.

Teglar

Mavzuga oid