
Aliyev Ozarboyjonga yordam bergan birinchi prezident Mirziyoyev bo‘lganini aytdi
U O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatlagan dunyodagi birinchi davlat rahbari deb atadi.

Tog‘li Qorabog‘ urushi tugaganidan keyin O‘zbekiston birinchi bo‘lib mintaqani tiklashda yordam ko‘rsatish tashabbusini ilgari surgan. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qildi.
U O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatlagan dunyodagi birinchi davlat rahbari deb atadi.
«Biz buni doimo xotirda saqlaymiz va mamlakatlarimiz hamda xalqlarimiz o‘rtasidagi birdamlik, do‘st-u birodarlik ifodasi sifatida qabul qilamiz», — deya urg‘u berdi Ilhom Aliyev.
Eslatib o‘tamiz, 15-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ham ishtirok etadi.
Avvalroq Ilhom Aliyevning O‘zAga bergan интервюсини e’lon qilgan edik.





