Janubiy Koreya banki O‘zbekistonda sho‘basini ochmoqchi
Ayni vaqtda O‘zbekistonda faqatgina Janubiy Koreya kapitali ishtirokidagi «KDB Bank Uzbekistan» faoliyat yuritib kelmoqda.
© Foto: president.uzO‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreyaga tashrif doirasida «Incheon International Airport Corporation» prezidenti vazifasini bajaruvchi Kim Bom Xo bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish loyihalarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
«Incheon International Airport Corporation» kompaniyasining Toshkent shahrida o‘z vakolatxonasini ochish rejalari qo‘llab-quvvatlandi. Uning negizida aeroportlarni boshqarish, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha kompetensiyalar markazini tashkil etish taklifi bildirildi.
Koreya tomoni qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishni davom ettirish, aeroportlarni boshqarish sohasida ilg‘or tajriba va texnologiyalarni joriy etish hamda O‘zbekiston bilan uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga tayyorligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, «Shinhan Bank» Janubiy Koreyaning «Shinhan Financial Group» tarkibiga kiruvchi bank bo‘lib, joriy yilning aprel oyida uning O‘zbekistonda o‘z sho‘ba bankini ochish rejalari ma’lum bo‘lgandi.
O‘shanda 2026 yilning birinchi yarmida Markaziy bankka rasmiy ariza kiritilishi rejalashtirilgani, 2027 yilda esa yangi bank to‘liq quvvat bilan ish boshlashi maqsad qilingani aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz,1997 yildan buyon O‘zbekistonda Janubiy Koreya kapitali ishtirokidagi «KDB Bank Uzbekistan» faoliyat yuritib kelmoqda.





