add

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi ikki baravar kamaydi

Kecha 11:551431

O‘zbekistonda alkogol va tamaki bilan bog‘liq 1 435 ta qonunbuzilish holati aniqlangani ma’lum qilindi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi ikki baravar kamaydi

O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi 35 foizdan 18 foizga, tamaki mahsulotlarida esa 19,6 foizdan 9 foizga kamaydi. Bu haqda osh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, alkogol va tamaki bilan bog‘liq 1 435 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, ularda 885 ming dona alkogol va 912 ming quti tamaki mahsuloti musodara qilingan. Shu jumladan, 15 ta ishlab chiqaruvchi va 29 ta ulgurji korxonaning litsenziyasi bekor qilinib, 7 ta korxonaning tegishli ruxsatnomasi vaqtincha to‘xtatilgan.

Shuningdek, alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilib, soha bo‘yicha 517 ta murojaat ko‘rib chiqilgan hamda 97 ta ulgurji savdo korxonasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, 49 ta sub’ekt elektron hisoblagichlar, 43 ta korxona videokuzatuv vositalari va 102 ta transport GPS uskunalari bilan jihozlangan.

Teglar

Mavzuga oid

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi ikki baravar kamaydi | Vaqt.uz