add

Aloqa Ventures 6 baravar daromad bilan Zypl.aiʼdan qisman chiqdi

28.10.2025 | 12:192991

AloqaVentures 2022 yilning ikkinchi choragida Zypl.ai loyihasiga 150 ming dollar sarmoya kiritgan edi. Bugun esa fond o‘z ulushining yarmini 6 baravar foyda bilan sotdi.

Aloqa Ventures 6 baravar daromad bilan Zypl.aiʼdan qisman chiqdi

Dushanbeda o‘tgan AI Beyond Heights xalqaro sun’iy intellekt konferensiyasi vaqtida AloqaVentures va Zypl.ai vakillari fondning startapdan qisman chiqayotganini (exit) e’lon qilishdi. Bu O‘zbekiston venchur bozori uchun so‘nggi yillardagi eng e’tiborga molik voqealardan biri bo‘ldi.

AloqaVentures 2022 yilning ikkinchi choragida Zypl.ai loyihasiga 150 ming dollar sarmoya kiritgan edi. Bugun esa fond o‘z ulushining yarmini 6 baravar foyda bilan sotmoqda, ya’ni bu yiliga 73 foiz ichki daromad normasi (IRR) degani. Boshqacha aytganda, fond uch yil ichida sarmoyasidan olti barobar ko‘p qiymat yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

Zypl.ai sun’iy intellekt asosida biznes jarayonlarini avtomatlashtiruvchi texnologik platforma bo‘lib, AloqaVentures ushbu startapning ilk investorlaridan biri. Shu bilan birga, Zypl.ai fond portfelidagi birinchi startap ham hisoblanadi.

Bu muvaffaqiyat AloqaVentures uchun nafaqat moliyaviy yutuq, balki O‘zbekiston venchur ekotizimida exit bosqichi amalda yo‘lga qo‘yilganining isboti sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu holat mahalliy startaplarga sarmoya kiritish real daromad keltirishi mumkinligini amalda ko‘rsatdi.

Teglar

Mavzuga oid