add

Amerika maxfiy xizmati BMT sammiti oldidan xavfli tahdidni aniqladi

23.09.2025 | 21:2013225

Manxettenda 150 ga yaqin jahon yetakchilari tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan paytda AQSH uyali aloqani ishdan chiqarishga to‘sqinlik qilish imkoniga ega yashirin tarmoqni aniqladi.

Amerika maxfiy xizmati BMT sammiti oldidan xavfli tahdidni aniqladi
Taxminan 150 nafar jahon yetakchilari Manxettenga tashrif buyurishga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda, "uyali aloqa minoralarini ishdan chiqarish, 911 favqulodda xizmatiga qo‘ng‘iroqlarni to‘sish va aloqa tarmoqlarida tartibsizlik keltirib chiqarish qobiliyatiga ega" tizim aniqlangani ma’lum qilindi. AQSH maxfiy xizmati BMT Bosh assambleyasi arafasida Nyu-York atrofida keng ko‘lamli yashirin telekommunikatsiya tarmog‘ini aniqladi va bartaraf etdi, Bu haqda CNBC xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, «uyali aloqa minoralarini ishdan chiqarish, 911 favqulodda xizmatiga qilinayotgan qo‘ng‘iroqlarni to‘sish va aloqa tarmoqlarida tartibsizlik keltirib chiqarish qobiliyatiga ega» tizim 150 ga yaqin jahon yetakchilari Manxettenga tashrif buyurishga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda aniqlangan. Tarmoq 300 dan ortiq SIM-serverlardan tashkil topgan bo‘lib, ular BMT qarorgohi atrofidagi 55 km radiusda joylashgan 100 mingdan ziyod SIM-kartalarni boshqargan. Tergovchilar fikricha, bu AQSH hududida aniqlangan kommunikatsiya infratuzilmasiga qarshi eng yirik tahdidlardan biri hisoblanadi. Tizim shahardagi uyali aloqani butunlay ishdan chiqarishi mumkin edi. Tarmoq Maxfiy xizmatning yuqori lavozimli hukumat amaldorlariga qarshi qaratilgan telekommunikatsiya tahdidlari bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli tergovi davomida aniqlangan. Serverlar ommaviy qo‘ng‘iroqlar va xabarlar yuborishga, mahalliy tarmoqlarni haddan tashqari yuklab yuborishga hamda jinoyatchilarning shifrlangan aloqalarini yashirishga qodir bo‘lgan simulyatsion mobil telefonlar bazasi sifatida ishlagan. Agentlarning ta’kidlashicha, noma’lum, biroq aniq bir davlat uchun faoliyat yuritayotgan jinoyatchilar tizimdan uyushgan jinoiy guruhlar, kartellar va terrorchilik tashkilotlariga shifrlangan xabarlar yuborish maqsadida foydalanishgan. Tintuvda bir qator serverlar va SIM-kartalar javonlari aniqlandi - 100 mingdan ortiq faol karta hamda ko‘plab faollashtirilishi kutilayotgan kartalar topildi. Tizim bir daqiqada 30 million atrofida matnli xabarlarni yuborish qobiliyatiga ega bo‘lgan. AQSH ma’murlari hozircha tarmoqqa aloqador aniq hukumatlar yoki jinoiy guruhlar to‘g‘risida ma’lumot oshkor qilishmadi. «Biz gumonlanuvchilarni va ularning maqsadlarini aniqlash bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz. Xususan, jahon yetakchilarining Nyu-Yorkka rasmiy tashrifi paytida BMT Bosh assambleyasi ishini izdan chiqarish va hukumat hamda favqulodda xizmatlar aloqalarini to‘xtatib qo‘yish ularning rejalarida bo‘lgan-bo‘lmaganini tekshiramiz», - deya ta’kidladi Maxfiy xizmatning Nyu-York bo‘limi vakili.

Teglar

Mavzuga oid