
Amerikaga yetib borgan Mirziyoyevni kimlar kutib oldi? (foto)
21.09.2025 | 10:3049252
O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev mamlakat birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bilan birgalikda okean orti davlatiga safarini boshladi. Ularni aeroportda Donald Trampning maxsus vakili hamda bir qator rasmiylar qarshi oldi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga yetib borgan.
«Avval xabar qilganimizdek, davlat rahbari BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi, qator xorijiy mamlakatlar yetakchilari, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, AQSHning yirik korporatsiyalari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan davra suhbatida ishtirok etish ham rejalashtirilgan.Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini AQSH Prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi», deyiladi xabarda.
Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini AQSH Prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi», deyiladi xabarda.






