
Amerikalik siyosatchilar Stiv Uitkoffni qattiq tanqid qildi
Uitkoffning Rossiya manfaatlariga xizmat qilgani haqidagi ayblovlar Vashingtonda qattiq muhokamaga aylanib, uni muzokaralardan chetlatish talablari kuchaymoqda.

Amerikalik qator siyosatchilar Bloomberg e’lon qilgan stenogrammalar ortidan Stiv Uitkoffga qarshi keskin bayonotlar berdi. Kongress a’zolari uni Rossiyaga yordam berganlikda ayblab, Ukraina bo‘yicha muzokaralarda unga ishonish mumkin emasligini ta’kidlashdi.
Ayrim qonun chiqaruvchilar hatto uni «chinakam xoin» deb atadi. Siyosiy mojaro Vashingtonda keskinlashar ekan, voqeaga Donald Tramp ma’muriyatidan rasmiy munosabat ham talab qilinmoqda.
Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 14-oktabr kuni Vladimir Putin yordamchisi Yuriy Ushakov bilan besh daqiqadan ko‘proq suhbat qilgan. Unda Uitkoff Rossiya-Amerika muzokaralarini qanday tashkil etish haqida maslaxat bergani aytilmoqda. Xususan, Rossiya va AQSH prezidentlari Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiyning Oq uyga tashrifigacha telefon orqali muloqot qilishi masalasi muhokama qilingan.
Respublikachilardan Don Beykon ushbu holatni keskin tanqid qilib, Uitkoffga mutlaqo ishonib bo‘lmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiyaga pulga yollangan agent ham bundan kam ish qilmagan bo‘lardi». U Uitkoffni muzokaralar jarayonidan olishni talab qildi.
Yana bir respublikachi Brayan Fitspatrik Uitkoff harakatini «jiddiy muammo» deb atadi. Uning fikricha, «befoyda qo‘shimcha shou va maxfiy uchrashuvlar» darhol to‘xtatilishi, diplomatik jarayon esa davlat kotibi Mark Rubio qo‘lida bo‘lishi kerak.
Demokrat Ted Lyu esa Uitkoffni «AQSH uchun emas, Rossiya uchun ishlayotgan odam» deb atadi va uni «chinaka sotqin» sifatida ta’rifladi. Uningcha, Trampning poslannigi o‘z vakolatlarini mutlaqo noto‘g‘ri qo‘llamoqda.
Bloomberg e’lon qilgan ikkinchi stenogrammada 29-oktabrdagi Kirill Dmitriyev — Vladimir Putinning maxsus vakili Yuriy Ushakov suhbati ham bor. Har ikki hujjat Vashingtondagi siyosiy bosimni yanada kuchaytirdi.
Avvalroq har ikki stenogrammaning o‘zbek tilidagi tarjimasini e’lon qilgan edik.





