add

Amerikalik vazir tahdidlardan qutulish uchun harbiy bazaga yashirindi

20.08.2025 | 08:304182

AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem jurnalistlar uning yashash manzili haqida ma’lumot e’lon qilgach, tahdidlar ortidan harbiy bazaga vaqtinchalik ko‘chishga majbur bo‘ldi. Bu holat mamlakatda OAV mas’uliyati va davlat amaldorlari xavfsizligi borasida keskin bahslarga sabab bo‘ldi.

Amerikalik vazir tahdidlardan qutulish uchun harbiy bazaga yashirindi
Fox News telekanaliga bergan intervyusida Noem aytishicha, u hali ham Vashingtondagi uyi ijarasini to‘lab kelmoqda, biroq ommaviy axborot vositalari uning manzili, uy joylashgan joy va hatto oynasi qayerga qarashini oshkor etganidan keyin uyni tark etishga majbur bo‘lgan. U tahdidlarni «juda jiddiy» deb atadi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, The Washington Post gazetasi ushbu ma’lumotlarni chop etgan va bu harakatni u « o‘ylanmagan va hurmatsizlik» deb baholagan. Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, Noem Vashingtonning janubi-sharqidagi kvartirasida yashashni to‘xtatib, hozirda AQSH Qirg‘oq qo‘riqchi qo‘mondonining rezidensiyasi joylashgan Anakostiya-Bolling harbiy bazasiga ko‘chirilgan. U yerdagi yashash xarajatlari davlat tomonidan qoplanmoqda. Biroq bu qaror xizmat ichida ham bahs uyg‘otgan: ba’zi yuqori lavozimli harbiylar bu amaliyot «domino effekti»ni keltirib chiqarishi va xizmat uy-joylaridan ayrimlarni mahrum etishi mumkinligidan xavotir bildirishmoqda.

Teglar

Mavzuga oid