add

Amerikaliklar Shomurodov eshigini yana taqillatmoqda. Bu safar uning ketishi aniqmi?

17.06.2025 | 16:2028402

Bir yil avval MLS'ga o‘tishi mumkinligi aytilgan O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov yana Amerika klubining e’tiborini tortdi. Unga bo‘lgan qiziqish bu safar jiddiyroq ko‘rinadi.

Amerikaliklar Shomurodov eshigini yana taqillatmoqda. Bu safar uning ketishi aniqmi?
Il Messaggero nashrining xabar berishicha, «Atlanta Yunayted» o‘zbekistonlik hujumchining eshigini yana bir bor taqillatmoqda. Roma Press ma’lumotiga ko‘ra, Amerika klubi unga bir yil avval ham qiziqish bildirgan, ammo muzokaralar so‘nggi bosqichda to‘xtab qolgan. Biroq bu safar Shomurodovning MLS'ga yo‘l olishi ehtimoli yuqori, chunki «Roma» o‘zbek futbolchisini kelgusi mavsumda asosiy tarkibga kiritishni rejalashtirmayapti. Ta’kidlanishicha, Italiya klubi Artyom Dovbikni jamoada saqlab qolishni o‘ylamoqda, bu esa Shomurodovning muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish imkoniyatini kamaytiradi. Shuningdek, klub allaqachon hujumchining o‘rniga yoshroq futbolchi izlashni boshlab yuborgan.

Teglar

Mavzuga oid