add

Amerikaliklar Ukrainaga xazina izlab bormoqda

Sentyabr oyida Amerika delegatsiyasi Ukrainaga tashrif buyurib, foydali qazilmalar bo‘yicha investitsiya loyihalarini muhokama qiladi.

Amerikaliklar Ukrainaga xazina izlab bormoqda
AQSH delegatsiyasi sentyabr oyida foydali qazilmalar bo‘yicha bitim masalalarini muhokama etish uchun Ukrainaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda, deb ma’lum qildi Ukraina iqtisodiyot, atrof-muhit va qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksey Sobolev. «Hozirda biz jamg‘arma keyingi 12 oy ichida mablag‘ kiritishi mumkin bo‘lgan investitsiya loyihalari ro‘yxatini tayyorlamoqdamiz. Sentyabr oyida Qo‘shma Shtatlardan katta delegatsiya keladi va bu kabi loyihalarni ko‘zdan kechirish uchun Ukraina bo‘ylab sayohat qiladi», - deya Sobolevning so‘zlarini keltiradi «Espresso» nashriyoti. Vazir joriy yilda jamg‘armaning AQSH bilan hamkorlikda amalga oshiradigan dastlabki investitsiyalari ma’lum bo‘lishiga umid bildirdi. U kelishuv doirasidagi birinchi loyihalar allaqachon moliyalashtirilganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Ukraina parlamentida yirik sarmoyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda. Sobolevning aytishicha, sentyabr oyida ushbu kelishuv bo‘yicha jamg‘arma kengashining yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan. AQSH Moliya vazirligi ilgari Vashington va Kiyev hukumatlari aprel oyi oxirida Ukraina tabiiy boyliklariga oid bitim imzolaganini e’lon qilgan edi. Ukraina tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi yer osti boyliklari bo‘yicha shartnoma Ukraina hududidagi barcha resurslar Kiyevning mulki va nazorati ostida qolishini kafolatlaydi. AQSH investitsiya fondiga mablag‘ kiritishi mumkin, jumladan, Ukrainaga yangi yordam doirasida, masalan, ushbu minerallar to‘g‘risidagi kelishuv asosida havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish orqali. 8 may kuni Oliy Rada deputati Yaroslav Jeleznyak Ukraina parlamenti Vashington bilan mazkur bitimni ratifikatsiya qilganini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid