
Amurda Rossiyaning eng yirik quyosh elektr stansiyasi quriladi
04.06.2025 | 11:2048782
Rossiyaning Amur oblastida 2026 yildan boshlab mamlakat va MDHdagi eng yirik quyosh elektr stansiyasining qurilishi boshlanadi. «Yunigrin Enerdji» kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan ushbu loyiha 650 MVt quvvatga ega bo‘lib, yiliga 1 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Qurilish 2027 yilda yakunlanishi kutilmoqda

Loyiha bo‘yicha kelishuv 2025 yil may oyida «AmurEkspo-2025» iqtisodiy forumida Amur viloyati gubernatori Vasiliy Orlov va «Yunigrin Enerdji» rahbari Igor Shaxray o‘rtasida imzolandi. Stansiya 1000 gektar maydonda joylashadi va qurilish ishlariga mahalliy pudratchilar jalb etiladi.
Amur viloyatidagi bu loyiha mintaqadagi elektr energiyasi yetishmovchiligini bartaraf etishga qaratilgan. So‘nggi 10 yilda Uzoq Sharqda energiya iste’moli 26 foizga o‘sgan bo‘lib, bu Rossiya bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar yuqori. Ekspertlar loyiha mintaqadagi energiya tanqisligining 10 foizini qoplashini aytmoqda.
«Yunigrin Enerdji» kompaniyasi Rossiyaning Dog‘iston, Checheniston va Yoqutiston kabi hududlarida ham qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshirmoqda.





