add

Andijonda 40 mln dollarlik robotlashtirilgan klinika quriladi

29.07.2025 | 10:3029933

Germaniya, Turkiya va Yaponiya texnologiyalari asosida barpo etiladigan ushbu innovatson tibbiyot markazi hamda qo‘shimcha agrosohalarga yirik sarmoyalar jalb etiladi.

Andijonda 40 mln dollarlik robotlashtirilgan klinika quriladi
28 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangi investitsion tashabbuslar taqdimot qilindi. Unda kelgusi istiqbolda yirik loyihalar asosida hududni rivojlantirish bo‘yicha muhim rejalar ma’lum qilindi. Jumladan, 2025 yilda 40 mln dollar sarmoya evaziga Germaniya, Turkiya va Yaponiyadan olib kelinadigan robotlashtirilgan tibbiy texnologiyalar asosida zamonaviy klinika barpo etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu markaz sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni mintaqada tatbiq qilish imkonini beradi. Shuningdek, Italiyadan 20 mln yevro jalb etilgan holda agroklaster va Germaniyadan 25 mln yevro jalb qilingan holda agrologistika markazi qurilishi belgilangan. Ushbu loyihalar Andijon qishloq xo‘jaligi salohiyatini tubdan oshirishni maqsad qilgan. Taqdimotda umumiy qiymati 1,1 mlrd dollarni tashkil etuvchi yangi loyihalar shakllantirilgani ma’lum qilindi. Ushbu loyihalar 22 mingta yangi ish o‘rni va 200 mln dollarlik qo‘shimcha eksport imkoniyatlarini ochadi. Prezident har bir tuman va shaharni alohida yondashuv asosida rivojlantirish, ishsizlikni qisqartirish va kambag‘allikni kamaytirish uchun investitsiyalar kam jalb qilingan hududlarga ustuvor ahamiyat berish lozimligini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid