add

Andijonda kanalga neft oqib ketdi

29.07.2025 | 15:457702

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi kanalga neft moddasi oqib tushishi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Viloyat ekologiya boshqarmasi holat «Sanoat energetika guruhi» MCHJ korxonasida sodir bo‘lgan avariya oqibatida yuz berganini ma’lum qildi.

Andijonda kanalga neft oqib ketdi
29 iyul kuni tarqalgan videolarda Raish qishlog‘idan oqib o‘tuvchi kanalda neft moddasi harakatlanayotgani aks etgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, korxonada neft qayta ishlash jarayonida texnogen holat yuzaga kelib, kanalga neft oqib tushgan. Ekologik nazorat organlari darhol vaziyatga daxldor bo‘lgan shaxslar va ob’ektni tekshirishni boshlagan. Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi holat to‘liq bartaraf etilganini bildirdi. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori va ta’sir choralari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tekshiruv yakunlangach e’lon qilinishi aytildi. Avariya oqibatlarini baholash va tabiiy muhitni tiklash maqsadida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Korxona faoliyati qonun talablari asosida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ma’lumot uchun, 26 iyul kuni shu tumandagi Janubiy Farg‘ona kanali ham tikuv-trikotaj fabrikasi foydalanilgan suvi oqib kelgani sababli ko‘pikka to‘lib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi.  

Teglar

Mavzuga oid

Andijonda kanalga neft oqib ketdi | Vaqt.uz