Android iOs’dan ustun: Bank ilovalari reytingi yangilandi

16.02.2026 | 18:572 daqiqa

Yuqori uchlikdagi banklarning o‘rni yanvarda o‘zgarmadi. Mana eng yaxshi deb baholanayotgan bank ilovalari:

Android iOs’dan ustun: Bank ilovalari reytingi yangilandi

SNS Ratings agentligi O‘zbekiston banklarining yanvar oyi uchun mobil ilovalari reytingini yangiladi. Ilovalar tahlili 3 ta tilda berilgan va 100 ballik tizimda baholangan.

Yanvarda bank ilovalarining o‘rtacha balli 80,02 ballni tashkil qildi. Bu dekabr oyidagi ko‘rsatkichdan biroz pastroq.

Reytingda 35 ta bankdan 29 tasi qatnashgan. Ularning bahosi 11 ta shkalaga bo‘lingan. Ideal tavsifga dekabrdagidek faqat 3 ta bank loyiq deb topilgan — «TBC Bank», «Anorbank» va «Ipak yo‘li» banki.

To‘rtinchi o‘rindan «Uzumbank», beshinchi o‘rindan «Aloqabank» joy oldi. Yuqori beshlikda faqat bitta davlat banki bor va bu aynan «Aloqabank»ning «Zoomrad» ilovasi.

Oltinchi o‘rinni «Tenge bank» ilovasi egallagan. Bank ilovasi o‘tgan oy «namunali» tavsifda edi, bu oy «deyarli namunali» tavsifga tushib ketdi.

Banklarning Android ilovalari iOs ilovalariga qaraganda yaxshiroq baholangan. Faollik bo‘yicha ko‘rsatkichlar esa deyarli barcha banklarda yaxshi shakllangan.

TOP 10 ro‘yxat quyidagicha:

rasm

SNS Ratings yaqinda banklarning ijtimoiy tarmoqdagi faolligi bo‘yicha ham ma’lumot bergandi. U yerda ham eng faol bank «TBC Bank» bo‘lgandi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, banklarning barcha ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 2 mln 826 mingtadan oshiq. Instagram eng faol tarmoq bo‘lib turibdi.

Telegram’da eng ko‘p obunachiga ega bank «Uzum bank» bo‘lib turibdi. Bankni bu yerda 140 mingdan oshiq obunachi kuzatadi. «Xalq banki» va «Agrobank» kuchli uchlikdan joy oldi.

Reyting bahosi — bu agentlikning fikri bo‘lib, tasdiqlangan fakt sifatida qabul qilinmasligi tavsiya qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid