Apple 5 yil ichida birinchi marta Tramp ta’riflari sabab narxlarni oshirdi
09.09.2025 | 23:3038083
Iphone titan bilan boshlangan tajribadan so‘ng yana alyuminiy qatlamga qaytmoqda.

Apple kompaniyasi yangi iPhone 17 oilasini taqdim qildi:
Apple kompaniyasi bugun, 9 sentyabr kuni iPhone 17 oilasini rasman taqdim qildi. Yangi assortimentga iPhone 17, iPhone 17 Pro, iPhone 17 Pro Max va o‘ta yupqa iPhone Air kirdi. Har bir model ekran hajmi, kamera tizimi va chip jihatidan bir-biridan farq qiladi.
 
iPhone 17 Pro’ning ekran diagonali 6,3 dyuymni, Pro Max’niki esa 6,9 dyuymni tashkil etadi. Ikkala Pro model ham A19 Pro chipi bilan jihozlangan. Kamera tizimi ham sezilarli ravishda takomillashtirilgan. Yangi Pro va Pro Max modellari uchta rangda sotuvga chiqadi.
 
iPhone 17 standart modeli 6,1 dyuym ekranga ega va uning asosiy afzalligi ekran hajmining 16-modeldan kattaroqligida. iPhone Air esa faqat eSim bilan ishlaydi va korpus qalinligi atigi 5,5 millimetrni tashkil etadi, bu uni Apple’ning eng yupqa smartfoniga aylantiradi.
 
Yangi modellar narxlari ham e’lon qilindi:
iPhone 17 — $799
iPhone 17 Pro — $1199
iPhone 17 Pro Max — $1199
iPhone Air — $999.
Oldindan buyurtmalar 12 sentyabrdan boshlanadi, umumiy savdo esa 19 sentyabrdan amalga oshadi.