add

Apple to‘rtta iPhone modelini chiqarishni to‘xtatdi

11.09.2025 | 16:1547702

Apple yangi iPhone 17 seriyasini taqdim etgach, ayrim oldingi modellarni rasmiy ishlab chiqarishni.

Apple to‘rtta iPhone modelini chiqarishni to‘xtatdi
iXBT portali xabar berishicha, kompaniya iPhone 15, iPhone 15 Plus, iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max smartfonlarini rasmiy sayt hamda chakana savdo nuqtalaridan olib tashladi. Bu qadam Apple’ning mahsulot qatorini yangilash va faqat dolzarb modellarni qoldirish strategiyasi doirasida amalga oshirildi. Hozirgi kunda kompaniyaning rasmiy savdosida 600 dollardan 1200 dollargacha bo‘lgan yettita yangi smartfon mavjud. Ular qatoriga iPhone 16e (600 dollardan), iPhone 16 (700 dollardan), iPhone 16 Plus (800 dollardan), iPhone 17 (800 dollardan), iPhone Air (1000 dollardan), iPhone 17 Pro (1100 dollardan) va iPhone 17 Pro Max (1200 dollardan) kiradi. Apple shu tariqa flagman qatorini qisqartirib, yangi avlod modellariga e’tiborni kuchaytirmoqda. iPhone 17 seriyasidagi smartfonlar 9 sentyabrda taqdim etilgan bo‘lib, ularning savdosi 19 sentyabrdan boshlanadi. AQSh va qator boshqa mamlakatlarda yangi modellarga oldindan buyurtmalar 12 sentyabrdan qabul qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid