Logo

«Apple» yangi «Siri AI» tizimiga ega «iOS 27» operatsion tizimini chiqardi

Kecha 20:202 daqiqa

«iOS 27» yangilanishi «iPhone 11», ikkinchi avlod iPhone SE va undan keyingi modellar uchun ishlaydi. Shuningdek, boshqa qurilmalar uchun ham yangi tizimlar taqdim etildi.

«Apple» yangi «Siri AI» tizimiga ega «iOS 27» operatsion tizimini chiqardi

«Apple» kompaniyasi o‘zining yangi iOS 27 operatsion tizimini omma e’tiboriga havola qildi. Ushbu yangilanishning eng asosiy yangiligi «Apple Intelligence» bazasida ishlovchi modernizatsiya qilingan «Siri AI» ovozli yordamchisi bo‘ldi.

Ekranni taniydigan va amallar bajaruvchi yordamchi

Yangilangan «Siri AI» foydalanuvchi ekranidagi ma’lumotlarni taniy oladi, ular haqidagi savollarga javob qaytaradi va ochiq ilovalar bilan bog‘liq tegishli amallarni bajaradi. Xususan, uning yordamida xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkinligi aytilmoqda.
Bundan tashqari, ovozli yordamchi matnlar bilan ishlashda ko‘maklashadi hamda o‘zaro bog‘langan qurilmalar o‘rtasida uzluksiz almashishni ta’minlaydi.

Hozirgi vaqtda «Siri AI» ingliz tilidagi qurilmalarda beta-versiyada mavjud. Oktyabr oyidan boshlab esa fransuz, yapon, koreys, portugal va ispan tillarini qo‘llab-quvvatlash tizimga qo‘shilishi ma’lum qilingan.

Moslashuvchanlik va yangi dizayn elementlari

Qayd etilishicha, iOS 27 yangilanishi iPhone 11, ikkinchi avlod iPhone SE va undan keyingi modellar uchun ishlaydi. Shuningdek, boshqa qurilmalar uchun ham yangi tizimlar taqdim etildi:

watchOS 27: Apple Watch SE 3, Series 9 va undan keyingi modellar, shuningdek, Ultra 2 uchun;
iPadOS 27: To‘rtinchi avlod iPad Pro va iPad Air, oltinchi avlod iPad mini hamda to‘qqizinchi avloddan boshlangan bazaviy iPad'lar uchun.

Tizimdagi yana bir e’tiborga molik o‘zgarish — «Liquid Glass» interfeysi sozlamalari bo‘lib, u foydalanuvchilarga ko‘proq shaffof yoki xira (matovыy) versiyani tanlash imkonini beradi. Shu bilan birga, qo‘ng‘iroqlar, uyg‘otgich, taymer, bildirishnomalar va tizim tovushlari uchun alohida-alohida ovoz balandligini sozlash funksiyasi ham qo‘shildi.

Boshqa qurilmalardagi yangiliklar va reliz tarixi

«Vision Pro» uchun chiqarilgan «visionOS 27» tizimida bildirishnomalarni nigoh bilan ko‘rish hamda panoramali suratlarni hajmli sahnalarga aylantirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

watchOS 27 da esa Workout Buddy funksiyasi va yangi teginish imo-ishorasi qo‘shilgan. iPad uchun tashqi xotiralarga fayl o‘tkazish va brauzer ishlashi tezlashtirildi, shuningdek, Wi-Fi va mobil tarmoq o‘rtasida almashish jarayoni yaxshilangan.

Ma’lumot uchun, «Apple» o‘zining yangi sun’iy intellekt imkoniyatlarini tayyor bo‘lmasdan turib reklama qilishni boshlagan va reliz sanasini bir necha bor qoldirgan edi. Ovozli yordamchini yangilash rejalari haqida 2024 yildayoq ma’lum bo‘lgan. Dastlab yangi funksiyalarni 2026 yil bahorida iOS 26.4 doirasida chiqarish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, keyinchalik reliz iOS 27 chiqqunga qadar kechiktirilgan.

Teglar

Mavzuga oid