add

AQSH 2026 yilda 900 mlrd dollarlik harbiy xarajatlarni tasdiqladi

11.09.2025 | 18:4033463

Qonunchilar Pentagonga 900 mlrd dollar ajratishga rozi bo‘ldi. Ukrainaga yordam uchun esa 400 million dollar alohida ajratiladi.

AQSH 2026 yilda 900 mlrd dollarlik harbiy xarajatlarni tasdiqladi
AQSH Kongressining Quyi palatasi 2026 moliya yili uchun umumiy 892,6 mlrd dollar miqdoridagi harbiy xarajatlar to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Mazkur moliya yili 2025 yilning 1 oktyabrida boshlanadi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, ajratiladigan mablag‘lar orasida Ukrainaga harbiy yordam sifatida 400 mln dollar ham nazarda tutilgan. Shuningdek, qonun loyihasida Pentagondan Kongressga har qanday yordamni bekor qilish rejasi haqida oldindan ma’lumot berish majburiyati ham kiritilgan. Bu talab yozda AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaga harbiy yordamni Kongressni xabardor qilmasdan to‘xtatganidan so‘ng ilgari surilgan. Qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berishda 231 nafar qonunchi uni qo‘llab-quvvatladi, 196 nafari esa qarshi chiqdi. Respublikachilar orasida to‘rt kishi ushbu hujjatga qarshi ovoz berdi. Demokratlar orasida esa 17 kishi qonun loyihasini yoqladi. Qonunning kuchga kirishi uchun Senat ham o‘z versiyasini qabul qilishi va keyin har ikki palata birgalikda yakuniy shaklni kelishib olishi lozim. Kongressdagi muhokamalar AQSH tashqi siyosati va xalqaro majburiyatlariga nisbatan qarashlardagi farqni yana bir bor namoyon qildi. Senat tomonidan ham hujjat ma’qullansa, 2026 yilda Amerika tarixidagi eng katta harbiy byudjetlardan biri amalga oshiriladi.

Teglar

Mavzuga oid