
AQSH 2050 yilga qadar yetarli darajada boyitilgan uran zaxiralariga ega
22.05.2025 | 15:008272
AQSHning dengiz flotining yadroviy reaktor dasturi rahbari admiral Uilyam Xyuston mamlakatning 2050 yilgacha boyitilgan uran zaxiralari bilan ta’minlanganini ta’kidladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida boyitilgan uran zaxiralari 2050 yillargacha yetadi, -dedi mamlakat dengiz flotining yadroviy reaktor dasturiga rahbarlik qilgan admiral Uilyam Xyuston. – Biz 1992 yildan beri asosiy foydalanuvchi bo‘lgan dastur uchun yuqori darajada boyitilgan uran ishlab chiqarmadik, chunki biz 2050 yillargacha ta’minlanganmiz.
AQSHning sobiq rahbari Jo Bayden Rossiyadan uran importini taqiqlovchi qonunni 2024 yilning may oyida imzolagan edi. Hujjat 2040 yilgacha amal qiladi. Biroq istisno holatlarda AQSH energetika vazirligi ruxsati bilan 2028 yilgacha xarid qilishga ruxsat berilgan.





