add

AQSH apellyatsiya sudi Tramp joriy qilgan import bojlarini vaqtincha tikladi

AQSH apellyatsiya sudi Donald Tramp ma’muriyati tomonidan xorijiy mahsulotlarga joriy etilgan, ammo avvalroq federal sud tomonidan to‘xtatilgan bojlarni vaqtincha tikladi. Bundan keyin tariflar yakuniy qaror qabul qilingunicha amalda qoladi.

AQSH apellyatsiya sudi Tramp joriy qilgan import bojlarini vaqtincha tikladi
Tariflar xorijiy mamlakatlardan, jumladan, Xitoy, Kanada va Meksikadan keltiriladigan import mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Apellyatsiya sudi qarorga asosan, yangi sud hukmi chiqarilgunicha bojlar amalda qolishi kerakligini ma’lum qildi. Hujjatda Liberty Justice Center nomli huquq tashkiloti 5 iyunga qadar bojlarning noqonuniyligiga oid dalillarni taqdim etishi kerakligi aytilgan. AQSH Adliya vazirligi esa da’vogarlarga javob tayyorlamoqda. Sud jarayoni ana shundan so‘ng boshlanishi kutilmoqda. Federal sud Tramp 2 aprel kuni 185 mamlakat mahsulotlariga joriy etgan bojlarni, shuningdek, Xitoy (30 foiz), Kanada va Meksika (25 foiz)dan import qilingan tovarlarga qo‘llangan tariflarni bekor qilgan edi. Sud Tramp o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilganini va bojlarni iqtisodiy tahdidlarga qarshi vosita sifatida qo‘llash huquqi yo‘qligini ta’kidlagan. Shuningdek, qarordan so‘ngoq Tramp ma’muriyati apellyatsiya berdi. Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Kush Desayning aytishicha, «saylanmagan sudyalar mamlakatdagi favqulodda vaziyatlarga qanday munosabat bildirilishini hal qilish huquqiga ega emas». CNN telekanali ta’kidlashicha, sud qarori ba’zi mamlakatlar uchun tariflarni to‘xtatgan bo‘lsa-da, avtomobillar, po‘lat va alyuminiy importlari uchun 25 foizlik bojlarga ta’sir qilmagan.

Teglar

Mavzuga oid

AQSH apellyatsiya sudi Tramp joriy qilgan import bojlarini vaqtincha tikladi | Vaqt.uz