add

AQSH Federal zaxira tizimi ikkinchi bor foiz stavkasini pastladi

30.10.2025 | 09:113561

AQSH Federal zaxira tizimi (FZT) 29 oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilish natijasiga ko‘ra asosiy foiz stavkasiga yana 0,25 foizlik qisqartirish kiritdi — endi u 3,75–4 foiz darajasida.

AQSH Federal zaxira tizimi ikkinchi bor foiz stavkasini pastladi

AQSHning Markaziy banki vazifasini bajaruvchi Federal zaxira tizimi (FZT) ikki kunlik yig‘ilish — 28–29 oktyabr natijasida asosiy foiz stavkasi bo‘yicha navbatdagi qarorni qabul qildi. Regulyator stavkani 25 bazis punktga pasaytirib, uni 3,75–4 foiz oralig‘ida belgiladi. Bu haqda FZTning rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

Bu FZT tomonidan asosiy stavkaning 2025 yil ichida ikkinchi bor pasaytirilishidir. Ilk bor sentyabr oyida stavka 4–4,25 foiz darajasiga tushirilgan edi. Undan oldin besh marta qator yig‘ilishlarda regulyator stavkani o‘zgarishsiz — 4,25–4,5 foiz darajasida saqlab kelgan.

Keyingi yig‘ilish 9–10 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

29 oktyabr kuni bozor tahlilchilari FZTning ushbu qarorini oldindan deyarli aniq bashorat qilishgan. Chikago tovar birjasi (CME) ma’lumotlariga ko‘ra, FedWatch indeksi FRSning 25 bazis punktga pasaytirish ehtimolini 97,8 foiz darajasida baholagan. Faqat 2,2 foiz ishtirokchi stavkaning o‘zgarishsiz qolishini kutgan.

Mutaxassislarning fikricha, FZTning ketma-ket ikki marta foiz stavkasi pasaytirishi AQSH iqtisodiyotidagi sustlashuv belgilarini yumshatishga qaratilgan. Bu qaror qarz bozorini faollashtirishi va inflyatsiya bosimini qisman kamaytirishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, tahlilchilar yil oxirida FZT ehtiyotkorona siyosatni saqlab qolishi, keyingi qarorlarni ish bozori va inflyatsiya dinamikasiga qarab qabul qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid

AQSH Federal zaxira tizimi ikkinchi bor foiz stavkasini pastladi | Vaqt.uz