add

AQSH harbiy floti Eron raketalarini urib tushirishda Isroilga yordam berdi

18.06.2025 | 10:0038534

AQSH Isroilga qarshi Eron tomonidan uyushtirilgan raketali hujumlarga qarshi kurashishda o‘z harbiy kemalari va havo hujumidan himoya tizimlarini ishga soldi. AQSH rasmiylariga ko‘ra, ushbu choralar Isroilning havo himoyasida muhim rol o‘ynadi.

AQSH harbiy floti Eron raketalarini urib tushirishda Isroilga yordam berdi
NBC News ma’lumotiga ko‘ra, AQSH o‘zining harbiy dengiz kuchlari va zamindagi havo hujumidan himoya (HHH) tizimlari orqali Eron tomonidan Isroilga qaratilgan bir qator raketalarni yo‘q qildi. Rasmiylar aniq raqamlarni keltirmagan bo‘lsa-da, urib tushirilgan raketalar soni nisbatan kam ekani ta’kidlangan. Hujumlar fonida Isroil AQSHdan harbiy yordam so‘ragan va Vashington mintaqadagi o‘z qo‘shinlari sonini oshirgan. Jumladan, Nimitz aviatashuvchi kemasi Eronga yaqinlashtirilgan bo‘lib, u yerda avvaldan joylashgan Carl Vinson aviatashuvchisi bilan birga faoliyat yuritmoqda. Ularning sahnida zamonaviy F-35 va F/A-18 jangovor samolyotlari joylashtirilgan. 16 iyunga kelib, Yevropa bazalaridan mintaqadagi ittifoqchilar aerodromlariga 30 ta KC-135 va KC-46 turidagi yonilg‘i quyish samolyotlari yetkazilgan. Bu samolyotlar AQSH va Isroil harbiy havo kuchlariga uzoq masofali operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. 2024 yildan buyon Yaqin Sharqda 43 mingga yaqin amerikalik harbiy xizmatchi va zamonaviy havo himoya tizimlari joylashtirilgan. Ular avval ham Erondan kelgan ommaviy hujumlarga qarshi qo‘llanilgan edi. 13 iyun kuni Isroil boshlagan «Qo‘zg‘alayotgan sher» operatsiyasi paytida AQSH Eronning dronlariga qarshi himoyada faol ishtirok etgan. AQSHning Arabiston dengizidagi aviatashuvchi kemalari guruhiga raketa kreyseri va Tomahawk raketalari bilan jihozlangan eskadron mina tashuvchi kemalari kiradi. Shuningdek, 154 ta Tomahawk raketalarini olib yura oladigan Georgia atom suv osti kemasi ham ushbu hududda navbatchilik qilmoqda. Prezident Donald Tramp Ironni oldindan ogohlantirib, agar AQSH harbiylariga hujum qilinsa, «javob zarbasi misli ko‘rilimagan darajada kuchli bo‘lishi»ni aytgan. 17 iyun kuni esa u Tehron aholisini «zudlik bilan» evakuatsiya qilishga chaqirgan. Shuningdek, Tramp Eron bilan yadroviy kelishuv muzokaralarini bekor qilganini va endi Tehrondan «to‘liq taslim bo‘lish»ni kutayotganini bayon etgan.

Teglar

Mavzuga oid

AQSH harbiy floti Eron raketalarini urib tushirishda Isroilga yordam berdi | Vaqt.uz