add

AQSH Isroilga bunkerteshar bombalar bilan yordam berishni rejalashtirmoqda

03.07.2025 | 12:4031524

Vashington yadroviy tahdidlarga qarshi Tel-Avivni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

AQSH Isroilga bunkerteshar bombalar bilan yordam berishni rejalashtirmoqda
AQSH Kongressining ikki a’zosi — demokrat Josh Gothaymer va respublikachi Mayk Louler Isroilga «bunkerga qarshi» bombalar va B-2 turidagi ko‘rinmas bombardimonchilarni yetkazib berishni taklif qildi. Ushbu tashabbus Eron yadroviy qurol yaratish harakatlariga qarshi chora sifatida “Isroilga kutilmagan tahdidlarga tayyor turish imkonini berish” maqsadida qonun loyihasi ko‘rinishida taqdim etildi. Gotxaymerning ta’kidlashicha, Eron AQSH harbiylari va fuqarolarini nishonga olgan, shuningdek, Isroilga bir necha bor hujum qilgan. Uning fikricha, Isroil o‘zini himoya qilishga va Eronning yadroviy imkoniyatlarini tiklashining oldini olishga qodir bo‘lishi kerak. Louler esa qonun loyihasi prezidentga Isroil harbiylarini o‘qitish va ularni Eronni tiyib turish uchun zarur vositalar bilan ta’minlash vakolatini beradi, deb ta’kidladi. 13 iyundan boshlab Isroil Eronga bir qator havo hujumlari uyushtirib, yadroviy ob’ektlar, mudofaa inshootlari va yuqori martabali harbiylarni nishonga oldi. Eron Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, hujumlarda 627 nafar odam halok bo‘lgan, ular orasida tinch aholi ham bor. 22 iyun kuni AQSH ham bu hujumlarga qo‘shilib, Fo‘rdu, Natanz va Isfahondagi yadroviy ob’ektlarga zarbalar berdi. Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Jon Retkliffning aytishicha, bu operatsiya Eronning yadroviy dasturiga jiddiy zarar yetkazgan. Bir necha kundan so‘ng prezident Donald Tramp o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirganini e’lon qildi. Shunga qaramay, Eron rasmiylari zarbalari oqibatini «minimal» deb baholadi. Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy esa mamlakatning AQSH va Isroilga qarshi «g‘alaba qozonganini» ma’lum qildi. 25 iyunda Eron parlamenti MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatish haqida qaror qabul qildi va 2 iyul kuni prezident Mas’ud Pezeshkiyon bu qarorni imzoladi.

Teglar

Mavzuga oid