add

AQSH qo‘shimcha Patriot tizimini Ukrainaga yetkazib berishni muhokama qilmoqda

10.07.2025 | 08:4537764

Vashington kelasi moliya yilida Patriot tizimlari uchun 13 mingdan ortiq raketa xarid qilishni rejalashtirmoqda. Ukrainaga qo‘shimcha batareya yetkazib berish masalasi ham muhokama qilinmoqda.

AQSH qo‘shimcha Patriot tizimini Ukrainaga yetkazib berishni muhokama qilmoqda
AQSH Pentagoni 1 oktyabrda boshlanadigan yangi moliya yilida Patriot zenit-raketalar tizimi uchun 1,3 mlrd dollarlik raketalar xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bloomberg’ning xabar berishicha, bu AQSH armiyasi oldin rejalashtirilgan 3376 ta raketa o‘rniga 13 773 ta raketa xarid qilishni ko‘zda tutmoqda. Mazkur qaror Pentagondagi yuqori lavozimli harbiylar tomonidan 2025 yil aprelida tasdiqlangan. Bloomberg ta’kidlashicha, ushbu keskin oshirish AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan havo va raketa hujumlariga qarshi mudofaa tizimlariga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshganini anglatadi. Ukraina bu tizimlarga jiddiy suyanayotgan mamlakatlardan biri bo‘lib, u Patriot tizimlari orqali Rossiyaning shaharlarga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli hujumlarini qaytarmoqda. AQSH byudjeti hujjatlariga ko‘ra, 2024 yil boshigacha AQSH 2047 ta raketa xarid qilgan, 2024 yilda yana 230, 2025 yilda esa 214 ta raketa sotib olingan. 2026 yil uchun esa 224 ta yangi raketa xaridi uchun 945,9 mln dollar so‘ralgan. Bu mablag‘ning 549,6 mln dollari asosiy byudjetdan, qolgan 396,3 mln dollari esa NATOning Yevropadagi mudofaa salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan «Atlantik qat’iyat» dasturi doirasida ajratiladi. Shu bilan birga, 9 iyul kuni AQSH prezidenti Donald Tramp matbuot vakillariga AQSH hukumati Ukrainaga qo‘shimcha Patriot tizimini yetkazib berish masalasini muhokama qilayotganini ma’lum qildi. «Bu juda qimmat va noyob tizim, lekin biz bunday so‘rovni ko‘rib chiqamiz», — dedi Tramp. Prezident Ukraina aholisi Rossiya tomonidan qattiq hujumlarga uchrayotganini qayd etdi. «Bu nafaqat yuksak texnologiyali, balki juda qimmat tizim. Ular o‘limlar oldini olish uchun buni so‘rayapti. Biz bunga munosabat bildiryapmiz», — deya so‘zini yakunladi Tramp.

Teglar

Mavzuga oid