add

AQSH razvedkasi: Isroil Eronga hujum qilishi mumkin

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH razvedkasi so‘nggi oylarda Isroil tomonidan Eronning yadroviy ob’ektlariga zarba berish ehtimoli ancha ortib ketganini qayd etmoqda. Bu nafaqat siyosiy bildiruvlar, balki harbiy harakatlar va razvedka ma’lumotlari bilan bog‘liq.

AQSH razvedkasi: Isroil Eronga hujum qilishi mumkin
CNN telekanali 21 may kuni AQSH razvedka manbalaridan olingan ma’lumotlarga tayangan holda, Isroil tomonidan Eron yadroviy ob’ektlariga nisbatan ehtimoliy harbiy zarba xavfi «ancha sezilarli darajada» ortganini xabar qildi. Bu xavotirga sabab bo‘layotgan holatlar qatorida Isroil rasmiylarining ochiq va yopiq formatdagi qat’iy bayonotlari, shuningdek, AQSH tomonidan perexvat qilingan ma’lumotlar va harbiy harakatlar kuzatuvi ham bor. Xususan, uchuvchi qurollarning joylashtirilishi va yakunlangan harbiy mashg‘ulotlar shubhalarni kuchaytirgan. Shu bilan birga, CNN ta’kidlashicha, ushbu harakatlar Isroil tomonidan Eronga siyosiy bosim o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan bo‘lishi ham mumkin. Ayniqsa, Eron yadroviy dasturi bo‘yicha AQSH bilan kelishuvga yaqinlashgan bir paytda Isroildagi norozilik bu xavfni yanada kuchaytirgan. CNN manbalaridan biri ta’kidlashicha, so‘nggi oylarda zarba ehtimoli jiddiy darajada ortgan. Ammo hozircha Isroil bu masala bo‘yicha aniq qaror qabul qilgan-qilmagani noma’lumligicha qolmoqda. AQSH rasmiylari esa bunday zarba nafaqat Donald Tramp ma’muriyati bilan strategik kelishmovchilikka olib kelishi, balki butun Yaqin Sharq mintaqasida keng ko‘lamli ziddiyatni keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid