add

AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlmoqda — Reuters

25.10.2025 | 23:086262

Donald Tramp ma’muriyati Ukrainadagi urush to‘xtamasa, Rossiya iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga tayyorlanmoqda.

AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlmoqda — Reuters

Reuters agentligi manbalariga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiyaga qarshi qo‘shimcha iqtisodiy sanksiyalar tayyorlamoqda. Ushbu choralar Rossiya diktatori Vladimir Putin Ukrainadagi harbiy harakatlarni davom ettirsa, kuchga kirishi mumkin. Yangi sanksiyalar mamlakatning bank tizimi va neft eksporti infratuzilmasiga yo‘naltiriladi.

AQSH rasmiylari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi hamkorlariga muzlatilgan rus aktivlarini Kiyev uchun amerikalik qurollar xaridiga yo‘naltirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirishgan.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Vashington o‘z hududidagi shunday mablag‘larni Ukraina qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatish masalasini ham muhokama qilmoqda.

«Ma’muriyat hozircha ushbu choralarni tez fursatda amalga oshiradimi, aniq emas, ammo bu Trampning Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirish uchun aniq rejasi borligini ko‘rsatadi», — deb yozadi agentlik.

Manbalarning ta’kidlashicha, prezident Tramp yangi cheklovlardan so‘ng Rossiyaning javob reaksiyasini baholash uchun bir necha haftalik tanaffus olishi mumkin. Shu bilan birga, Ukraina rasmiylari Vashingtonga Rossiya banklarini dollar tizimidan uzish bo‘yicha yangi takliflar taqdim etgan, ammo bu takliflar qanchalik jiddiy ko‘rib chiqilayotgani hozircha noma’lum.

Reuters manbalarining ma’lum qilishicha, ba’zi qonun chiqaruvchilar Rossiyaga qarshi ikki partiyali sanksiyalar qonun loyihasini yana kun tartibiga qaytarmoqda. Bir manbaga ko‘ra, Tramp ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyor, ammo yaqin haftalarda bu amalga oshishi ehtimoli kam.

Yevropa Ittifoqi rasmiylari esa ta’kidlashicha, Yevroittifoq uchun «Lukoyl»ga qarshi to‘liq bloklovchi sanksiyalar joriy etish qiyin bo‘ladi, chunki kompaniya Bolgariya va Ruminiyada neft zavodlariga hamda Yevropada keng benzin stansiyalari tarmog‘iga ega. «Bizning vazifamiz — bu bog‘liqlikni yo‘qotish, shundagina to‘liq sanksiya joriy qilish mumkin bo‘ladi», — dedi YeI manbasi.

Teglar

Mavzuga oid