add

AQSH Senati Trampning global boj siyosatiga chek qo‘ydi

Kecha 10:45742

AQSH Senati Tramp joriy etgan xalqaro bojlarni bekor qildi. Ammo Palata qonun loyihasini ko‘rib chiqishi shubhali. Shu bilan birga, Tramp Xitoyga nisbatan bojlarni ham qisqartirdi.

AQSH Senati Trampning global boj siyosatiga chek qo‘ydi

AQSH Senati payshanba kuni Prezident Donald Tramp tomonidan joriy etilgan keng qamrovli xalqaro bojlarni tugatish uchun ovoz berdi, deb yozmoqda The Hill. Bu qarordan oldin Senat Kanada va Braziliyaga nisbatan qo‘llanilgan bojlarni bekor qilish haqidagi ikki rezolyutsiyani ham ma’qullagan edi.

To‘rt nafar respublikachi senator demokratlar bilan birga ovoz berib, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi ittifoqchilarga nisbatan yuqori tariflarni bekor qiluvchi ikki partiyaviy qarorni qabul qildi. Biroq Qo‘shma Shtatlar Kongressining quyi palatasi — Vakilar palatasi bu chorani ovozga qo‘yishi ehtimoli juda past ekanligi aytilmoqda.

Senat shu kuni Bayden ma’muriyati davrida qabul qilingan neft qoidalarini bekor qiluvchi qonun loyihasini ham ma’qulladi. Bu qarorlar iqtisodiy siyosatdagi katta burilish sifatida baholanmoqda.

Bu orada Tramp Janubiy Koreyaga amalga oshirgan safaridan so‘ng Xitoyga nisbatan bojlarni kamaytirish haqida ham qaror qabul qildi. U prezident Si Jinping bilan «juda a’lo uchrashuv» o‘tganini aytdi va Xitoydan AQSHga fentanil komponentlari eksportini cheklash uchun bojlarni 10 punktga qisqartirishni ma’lum qildi. Shuningdek, Si Jinping «katta hajmda» soya va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishga rozi bo‘lgan.

Prezident Tramp hozir AQSHga qaytmoqda, mamlakatdagi hukumatning qisman yopilishi 30 kundan beri davom etmoqda. Mazkur holat millionlab amerikaliklar uchun muhim bo‘lgan SNAP oziq-ovqat dasturiga ta’sir ko‘rsatmoqda — uning mablag‘lari shanba kuni tugaydi. Hukumat faoliyatidagi to‘xtash boshqa sohalarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Hozircha har ikki partiya ham hukumat ishini qayta tiklash yo‘llarini izlamoqda, ammo aniq qaror qabul qilinishi hali noma’lum. Prezident va birinchi xonim Melaniya Tramp shu kunlarda Oq uyda Hellouin bayramini nishonlash marosimini o‘tkazishni rejalashtirgan.

 

 

SEO title

 

Meta description

 

Teglar

Mavzuga oid