add

AQSH Senati Vladimir Putinga bir necha kun muhlat berdi

22.05.2025 | 13:3241233

AQSH Senatidagi 81 senator qo‘llayotgan yangi sanksiyalar loyihasi Rossiyaga qarshi mislsiz iqtisodiy bosimni ko‘zda tutadi. Agar Putin yaqin kunlarda tinchlikka intilmas ekan, AQSH nihoyatda shiddatli savdo va diplomatik zarbani amalga oshirishi mumkin.

AQSH Senati Vladimir Putinga bir necha kun muhlat berdi
AQSH Senatida Vladimir Putin rahbarligidagi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi tayyorlandi. Loyiha mualliflari senatorlar Richard Blyumental va Lindsi Grehemning ma’lum qilishicha, hujjat 81 senator tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va bu Donald Tramp veto qo‘ya olmaydigan darajada ko‘p ovoz hisoblanadi. Sanksiyalar Rossiyani izolyatsiya qilish, uni «savdodan xoli orol»ga aylantirish va u bilan hamkorlik qiluvchi davlatlarga 500 foizlik import boji joriy etishni nazarda tutadi. Xususan, Rossiyaning neft, gaz va uranni sotib olayotgan davlatlar, jumladan Xitoy ham, jiddiy iqtisodiy bosim ostida qolishi mumkin. Grehem va Blyumentalning ta’kidlashicha, agar Rossiya yaqin kunlarda Ukraina bilan tinchlik muzokaralariga tayyor ekanini ko‘rsatmasa, sanksiyalar darhol kuchga kiradi. AQSH Senati bu bilan Putinni tinchlikka majburlash niyatida. Senatorlar Xitoyning «xufiyona flot» orqali arzon rossiya neftini sotib olayotganini Putin harbiy mashinasini qo‘llab-quvvatlash deb baholagan. Ular Xitoyni ham javobgarlikka tortishni talab qilmoqda. Loyiha aprel oyida taqdim etilgan va bugungi kunda Kongressning har ikkala palatasida keng qo‘llovga ega. Agar Putin o‘z «o‘yin»larini davom ettirsa, Senat jiddiy qadamlar tashlashga tayyor ekanini senatorlar rasman bayon qildi.

Teglar

Mavzuga oid