add

AQSH senatorlari Rossiya qayta qurollanishini anglashmayapti — Fridrix Mers

07.06.2025 | 16:009953

Germaniya kansleri Fridrix Mers AQSH Kongressidagi ayrim senatorlarni Rossiyaning qayta harbiy qurollanish harakatlarini tushunmaslikda aybladi. Uning fikricha, ular Moskva tomonidan olib borilayotgan tayyorgarlik ko‘lamini haqiqiy tahdid sifatida qabul qilmayapti.

AQSH senatorlari Rossiya qayta qurollanishini anglashmayapti — Fridrix Mers
Berlinda bo‘lib o‘tgan biznes anjumanida so‘zga chiqqan Mers, Kapitoliy tepaligida bir qator senatorlar bilan uchrashuvda Rossiya iqtisodiyotining harbiy relslarga o‘tgani, uning Shimoliy Koreya va Eron bilan qurol bitimlari imzolagani haqida ma’lumot berganini aytdi. «Ular voqelikni anglamayapti, bu juda xavfli holat», — dedi u, senatorlar nomlarini ochiqlamagan holda. Mers so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 2022 yildagi Ukrainaga bostirib kirishdan beri o‘z iqtisodiyotini to‘liq harbiylashtirdi va NATO hududiga zarba berish qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin. Yevropalik rasmiylar bunday ehtimolni jiddiy xavotir bilan qabul qilmoqda. May oyida hokimiyatga kelgan Germaniya kansleri AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng, Vashington NATOdan chiqish niyatida emasligini eshitganidan umidvor bo‘lganini ta’kidladi. Mers, shuningdek, NATO a’zolarining harbiy xarajatlarni YAIMning 5 foizigacha oshirish to‘g‘risidagi Tramp talabi bilan rozi ekanini ma’lum qildi. Tramp ham Mersning ushbu pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlab, AQSH qo‘shinlari Germaniyada qolishini ma’lum qilgan. Mers esa Yevropa uchun hali uzoq yillar davomida AQSHga bog‘liqlik saqlanib qolishini e’tirof etdi.

Teglar

Mavzuga oid