AQSH va Eron sulh tuzmoqchi, Isroil esa qarshi: Shveysariya bitimi ortidan haqiqiy tinchlikka erishiladimi?
Pokiston va Qatar vositachiligida erishilgan AQSH-Eron kelishuvi dunyo diqqat markazida bo‘lib turibdi. Tramp blokada bekor qilinganini aytmoqda, ammo Isroil jarayondan chetda qolgan va norozi. Jenevada imzolanishi kutilayotgan hujjat mintaqadagi urushga yakun yasay oladimi? Sanksiyalarning yechilishi Eron ichki hayoti va O‘zbekiston loyihalariga nima beradi?
Oxirgi 48 soat ichida dunyo matbuoti eng ko‘p yozayotgan va muhokama qilayotgan mavzu — shubhasiz, Yaqin Sharqdagi urush tugab, Eron va AQSH kelishuvga erishgani masalasi bo‘lib turibdi.
Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasi bekor qilinganini e’lon qildi. Pokiston va Qatar vositachiligida erishilgan kelishuv esa global iqtisodiyotga yengillik bergani ta’kidlanmoqda. Shulardan kelib chiqilsa, dunyo va nihoyat yengil tin oladigandek... Ammo bu aslida ham haqiqiy tinchlikmi? Voqealar rivoji avvalgilari kabi yana olovlanib ketmasmikan? Eronning yadroviy dasturini to‘liq tugatish shartlari va Isroilning bu kelishuvdan chetda qolgani fonida, Shveysariyada imzolanishi kutilayotgan yakuniy hujjat mintaqani qutqara oladimi?
Fikr vaqti dasturining navbatdagi sonida ana shu bitim va uning atrofidagi muhim savollarni siyosatshunoslar – Farhod Karimov va muxtor Nazirov bilan tahlil qildik.
Teglar






