
AQSH va Eron urush boshlashiga sal qoldi
23.07.2025 | 22:4518111
AQSHning DDG Fitzgerald esminetsi Eron o‘zining hududiy suvlari deb hisoblaydigan Ummon ko‘rfazi hududlariga yaqinlashgan. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH kemasi ko‘rsatilgan hududga kirgach, Amerika tomonini ogohlantirish maqsadida Eron harbiy vertolyoti havoga ko‘tarilgan. Manba ta’kidlashicha, bunga javoban esminets vertolyotni urib tushirish bilan tahdid qilgan.
Amerika esminetsining takroriy tahdidiga javoban havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushirilgan.
Shunday qilib, qat’iy ogohlantirish berilgan: vertolyot mudofaa tizimlari tomonidan to‘liq himoyalangan, esminets esa yo‘nalishini o‘zgartirib, janubga yo‘l olishi kerakligi aytilgan.





